«Chelsi» futbolchisini Turkiyaga kuzatdi

«Chelsi» klubi o'z futbolchisini Turkiyaning «Beshiktosh» klubiga ijaraga berilganini ma'lum qildi. Xabarda aytilishicha, belgiyalik Batshuayi jamoadan ketishdan oldin «ko'klar» bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan bitimga imzo chekkan.
Klub veb-saytida bu transfer haqida bayonot berildi: «Michi Batshuayi bugun jamoa bilan shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirdi va bir mavsumga «Beshiktosh»ga ijaraga berildi». «Chelsi» keyingi uchrashuvini «Arsenal»ga qarshi safarda o'tkazadi.
Manba: futaa.com