"Chelsi" futbolchisiga ikkita jiddiy da'vogar bor

"Chelsi" futbolchisi uchun ikki klub jiddiya qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko'ra, "Tottenxem" va "Vest Xem" Konor Gallaxer uchun eng ashaddiy da'vogarlarga aylangan. 23 yoshli yarim himoyachi 17 yildan beri "Chelsi" a'zosi sanaladi.
U Pochettinoning yangi mavsumdagi rejalariga kirmaydi. "Tottenxem"da Gallaxer Xyoyberg o'rniga munosib nomzod sifatida ko'rilmoqda. "Vest Xem" esa Angliya terma jamoasi a'zosini Deklan Raysning o'rnini bosadi deb o'ylaydi.
Manba: bbc.com