"Chelsi" hujumchisi jamoani tark etadi. Xabarlarga ko'ra, akademiyadan chiqqan Kallum Xadson-Odoi shu yozda yangi klubga o'tadi. U bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning rejalariga kirmaydi.

22 yoshli hujumkor futbolchiga "Fulxem" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, APLdan "Nottingem", A seriyadan esa "Latsio" futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. "Chelsi" uni 8 million evroga baholagan.

Manba: caughtoffside.com