«Chelsi» futbolchisi yangi shartnoma borasida kelisholmadi

Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi David Luiz yozda jamoani tark etadi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaning xaabriga ko'ra, tomonlar yangi shartnoma borasida kelisholmagan. Ma'lumot uchun futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum so'ngida nihoyasiga etadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi joriy mavsum “Chelsi” safida 21 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.