Rossiya ayollar terma jamoasi futbolchisi Alsu Abdullina “Chelsi”ni tark etdi.

Insayder Ivan Karpovning so'zlariga ko'ra, Abdullina "Parij" klubiga ijaraga o'tadi.

2022/23 yilgi mavsumda yarim himoyachi "Chelsi" safida 6 ta o'yinda atigi 115 daqiqa o'tkazdi. Kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan Abdullina faoliyatini ijarada davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, “Parij”ning ayollar jamoasi 6 marta Frantsiya chempioni bo'lgan.

O'tgan mavsumda Abdullina "Chelsi" bilan ketma-ket ikkinchi marta Angliya kubogini qo'lga kiritdi.