"Chelsi" futbolchisi "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi

"Chelsi" klubi himoyachisi Emerson Italiyaga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda "Tuttosport" nashri.
"Inter" 26 yoshli futbolchiga da'vogarlik qilmoqda. Emersonning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi tugashiga atigi bir yil qoldi va o'tgan mavsumda u APLda atigi ikkita o'yin o'tkazdi.
O'z navbatida London klubi ham futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.