"Chelsi" tarbiyalanuvchisi Ruben Loftus-Chik A seriyaga yo'l olishi mumkin. Yarim himoyachi xaridiga "Latsio" ustozi Mauritsio Sarri qiziqish bildirmoqda.

Bu haqida futbolchining agenti Jonatan Barnett aytib o'tdi. U shunday deydi:

"Mendagi xabarlarga ko'ra, bu borada "Latsio" "Chelsi" bilan bog'lanmagan. Ammo Mauritsio Sarri Loftus-Chikning muxlisi va o'z jamoasida ko'rishni istaydi. Shu sabab kelajakda nima bo'lishini ayta olmaymiz".

26 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Chelsi" safida 40 marta maydonga tushgan edi.

Manba: caughtoffside.com