"Chelsi" futbolchisi 6 million funt evaziga jamoani tark etadi

"Chelsi" futbolchisi "Barselona" bilan kelishuvga erishgan. Xabarlarga ko'ra, himoyachi Markos Alonso "Barsa"ga yo'l olishi aniq bo'lib ulgurgan.
31 yoshli futbolchi 2025 yilga qadar katalon klubi bilan bitim tuzadi. U uchun "Chelsi" 6 million funt oladi. Avvalroq "Chelsi" Obameyang uchun Alonsoni qo'shib berishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
Manba: bbc.com