"Chelsi" endi "Aston Villa" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

"Aston Villa" vingeri Metti Kesh "Chelsi"ning nishoniga tushdi. Bu haqda Football London nashri xabar bermoqda.
"Ko'klar" Kesh bo'yicha taklifni ko'rib chiqmoqda. Hozircha transfer bo'yicha rasmiy so'rov kelib tushmagan.
2022/2023-yilgi mavsumda Metti Kesh "Aston Villa" safida Premer-ligada 15 ta o'yin o'tkazdi. Shu bilan birga, Polsha terma jamoasi futbolchisi samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.