"Chelsi" Azar bo'yicha "Real"ning 82 mln evrolik taklifini rad qildi

"Chelsi" "Real"ning yarimhimoyachi Eden Azarning transferi borasida birinchi taklifiga rad javobini berdi, deya xabar beradi HLN.
Xabarga ko'ra, madridliklar belgiyalik futbolchi uchun 82 million evro taklif qildi, ammo londonliklar uni 100-120 million evroga sotishni ko'zlamoqdalar.