"Chelsi" "PSJ" da'vogarlik qilayotgan "Inter" himoyachisi Ashraf Hakimi uchun kurashga qo'shildi.

Ikkala klub ham 22 yoshli marokashlik uchun taxminan 60 million evro taklif qildi, deb xabar  beradi Sky Sport jurnalisti Janluka Di Martsio.

Shu bilan birga, "Inter" "Chelsi" Hakimi uchun birorta futbolchisini qo'shsa, qarshi emas.

Manbaga ko'ra, londonliklar Emerson yoki Andreas Kristensendan birini qo'shishi mumkin.

Manba: sports.ru