"Chelsi" hali "Inter" himoyachisi Denzel Dyumfrisni sotib olishdan voz kechmadi. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "ko'klar" agar himoyachi Markos Alonsoni "Barselona"ga sotishni tugatsa, u holda Dyumfris variantiga qaytishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Inter" Dyumfries uchun 35-40 million evro talab qilmoqda. Shu bilan birga, "Chelsi" "neradzurrilar"dan Chezare Kasadeini 15 million evro evaziga sotib olishga yaqin turibdi.

Dyumfris allaqachon A Seriyaning birinchi turida ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi, uning so'nggi soniyalarda kiritgan goli "Inter"ga "Lechche" ustidan 2:1 hisobidagi g'alabani olib keldi.