"Chelsi" Abraxamni ortga qaytarmoqchi

"Chelsi" "Roma" hujumchisi Temmi Abraxamni qaytarib olmoqchi.
Hujumchi 2019 yildan 2021 yilgacha “ko'klar” safida o'ynagan, 56 o'yinda maydonga tushib, 21 gol urgan, biroq asosiy tarkibga kira olmagan.
Yozda u "Roma"ga ko'chib o'tdi va u erda tezda o'zini A Seriyaning eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida ko'rsatdi.
Oldinroq futbolchiga "Arsenal" qiziqayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Endilikda «Chelsi» hujumchi uchun kurashga qo'shildi, deb xabar beradi SPORT.
Joriy mavsumda futbolchi A Seriyasida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.