"Chelsi" 60 millionlik hujumchiga xaridor

"Barselona" futbolchisi APLga o'tishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Chelsi" kataloniyaliklar vingeri Usmon Dembelega qiziqish bildirmoqda. Frantsiya terma jamoasi hujumchisi hozirda yangi shartnoma borasida "Barsa" bilan muzokaralarga kirishgan.
Ayni damda u 60 million evroga baholanmoqda. Ammo Dembelening tovon puli 50 millionni tashkil etadi. 26 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda 35 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol va 9 ta assistga mualliflik qilgan.
Manba: newsnow.co.uk