"MYu"ning sobiq futbolchisi Lyuk Chaduik "Ayaks" hujumchisi Antoni haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:

"U juda ham ajoyib futbolchi. Antoni to'p bilan mohirona harakat qiladi va vaziyatlarni his qila oladi. U "MYu"ga olib kelinsa, jamoaga yanada raqobat qaytadi. Chunki futbolda hujum chizig'idagi raqobat juda ham muhim sanaladi".

Avvalroq "MYu" Antoni uchun "Ayaks"ga 100 million evro to'lashi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Manba: caughtoffside.com