"Shtutgart" hujumchisi Seru Girassining shartnomasiga kiritilgan tovon puli miqdori ma'lum bo'ldi.

Girassi Bundesligada 8 o'yinda 14 ta gol urdi.

Insayder Fabritsio Romanoning fikricha, tovon puli 17,5 million evroni tashkil qiladi.

Sky Sport Deutschland nashri xabariga ko'ra, Girassi 2023/24 yilgi mavsumni "Shtutgart"da yakunlamoqchi.