Bu transfer uchun "Nyukasl" baxillik qilgan

"Nyukasl" yanvar oyida yarim himoyachi sotib olishi mumkin edi. Xabarlarga ko'ra, "Flamengo" futbolchisi Mateush Fransa "qarg'alar" radarida bo'lgan. Ammo transfer amalga oshmadi.
Bunga "Nyukasl"ning etarlicha pul taklif qilmagani sabab bo'lgan. Transferlar oynasining so'nggi kunida "Nyukasl" 19 yoshli iqtidor uchun 20 million evro taklif etgan. "Flamengo" esa 25 million evro talab qildi. Shu sabab transfer amalga oshmadi.
Manba: caughtoffside.com