“Spetsiya” hujumchisi Devid Okereke “Bryugge” klubiga o'tdi.

Belgiya klubi nigeriyalik futbolchini 8 mln evro evaziga sotib oldi. Ta'kidlab o'tish joiz, Okereke “Bryugge” tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi.

Ma'lumot o'rnida, 21 yoshli futbolchi “Kozentsa” safida ijara asosida o'ynashga ham ulgurdi.