Angliyaning "Bristol" klubi yarim himoyachisi Aleks Skott shu yozda Premer-ligaga yo'l olishi mumkin, deb xabar tarqatmoqda insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, 19 yoshli angliyalik futbolchining narxi kamida 20 million funtni tashkil qiladi.

Angliya kubogining 1/8 finali doirasidagi "Bristol" – "Manchester Siti" (0:3) uchrashuvidan so'ng “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Skottni “aql bovar qilmaydigan futbolchi” deb atadi.

Ushbu mavsumda yarim himoyachi 39 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Skottning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.