"Brentford" o'z hujumchisini sotmoqchi emas

Ingliz hujumchisi Ayvan Toni tez orada o'z jamoasi bilan yangi bitim tuzadi. Xabarlarga ko'ra, "Brentford" hujumchiga yangi shartnoma taklif etadi.
Toni bu mavsumda APLning o'zida 12 ta gol va 4 ta assistga mualliflik qilgan. 26 yoshli futbolchiga "Nyukasl", "Everton" hamda "Arsenal" qiziqish bildirgan.
Manba: futaa.com