Kataloniyaning “Barselona” klubi “Atletiko Mineyro” klubining braziliyalik “yangi Dani Alves” deya e'tirof etilayotgan himoyachisi Emersonni  sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Kataloniyaliklar futbolchi uchun 12 million evro to'lashdi. Futbolchi “ko'k-anorranglilar” bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi.

Emerson “Barselona”ga yozda kelib qo'shiladi. Joriy mavsumning yarmini futbolchi “Atletiko Mineyro” safida ijarada o'tkazdi.