Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Hojimat Erkinovning jamoadoshiga aylandi

Hamyurtimiz Hojimat Erkinov o'ynayotgan Moskvaning "Torpedo" klubi Kievning "Dinamo" jamoasi sobiq hujumchisi Andre Felipe bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
32 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma mavsum oxirigacha mo'ljallangan. U "Torpedo"da 21-raqam ostida o'ynaydi.
Felipe "Bordo", "Santos", "Sporting" kabi klublarda o'ynagan. Braziliya terma jamoasida 4ta o'yin o'tkazgan.
