«Brayton» klubi Yaponiyadan futbolchi xarid qildi

Angliyaning «Brayton» klubi Yaponiya chempionatining «Kavasaki Frontale» klubi futbolchisi Kauru Mitoma bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda bugun klubning rasmiy saytida bayonot berildi.
Unga ko'ra, klub Yaponiya termasi a'zosi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Biroq darhol Belgiyaning birinchi divizoni vakili «Royal Union» klubi safiga ijara asosida borib qo'shilgan. Xabarda yapon vingeri 2021-2022 yilgi mavsumni Belgiya chempionatida o'tkazishi ma'lum qilingan.
Manba: futaa.com