"Manchester Siti" darvozaboni Klaudio Bravo mavsum so'ngida jamoani tark etadi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakunlanadi. Jamoa u bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas.

Chililik futbolchi 2016 yilda "Barselona"dan "Siti"ga ko'chib o'tgan edi. Ammo uning APLdagi faoliyati muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Katta ehtimol bilan 37 yoshli posbon Chilining "Kolo-Kolo" jamoasiga o'tadi. U aynan mazkur klubda o'z faoliyatini boshlagan.

Bravo faoliyati davomida jami 20ta sovrinni qo'lga kiritgan.