Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi “Gengam” hujumchisi Markus Tyuram bilan kelishuvga erishdi, deya yozmoqda Kicker.

Manbaning xabariga ko'ra, nemis klubi futbolchi uchun 12 million evro atrofida to'laydi. Futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Ma'lumot uchun, Markus afsonaviy himoyachi Lilian Tyuramning o'g'li hisoblanadi. Tyuram 1998 yilgi jahon chempioni hisoblanadi.