"Borussiya Dortmund" futbolchisi APLga o'tadi

"Lester Siti" yozda Germaniyadan futbolchi xarid qilishi kutilmoqda. Xabarlarga ko'ra, "Borussiya Dortmund"ning 27 yoshli yarim himoyachisi Mahmud Dovud "tulkilar" radarida turibdi.
Dovud yozda erkin agentga aylanadi. U Dortmund klubi bilan yangi shartnoma imzolamaydi. "Lester" esa nemis futbolchisini Yuri Tilemans o'rnini egallaydi deb ishonmoqda.
Manba: caughtoffside.com