"Borussiya Dortmund" "Chelsi"dan himoyachi sotib olmoqchi

"Borussiya Dortmund" tez orada "Chelsi" futbolchisini xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, Bundesliga giganti "Chelsi" himoyachisi Yen Matsenga jiddiy qiziqish bildirmoqda. O'tgan mavsumda Matsen "Byornli"da ijara asosida harakat qilgan edi.
Shunda "Byornli" u uchun "Chelsi"ga 31 million funt taklif etgan. Ammo futbolchining o'zi bu shartnomaga ko'nmagan. Ammo "Borussiya Dortmund"ga ketish, Matsen uchun yaxshi variant bo'la oladi.
Manba: bbc.com