"Borussiya" "Ayaks" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

"Ayaks" yarim himoyachisi Edson Alvaresga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Qayd etilishicha, futbolchi kelasi mavsum uchun klubning xaridlari ro'yxatidan joy olgan. Unga Premer-liganing bir qancha klublari ham qiziqish bildirmoqda.
25 yoshli meksikalik futbolchi joriy mavsumda "Ayaks" safida 43 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.