«Union» himoyachisi Leonardo Bonuchchi jamoani tark etishga yaqin turibdi. Uning germaniyaliklar bilan shartnomasi yozda yakuniga etsa-da, italiyalik futbolchi qishda boshqa jamoaga o'tishni istamoqda.

Bonuchchiga Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi qiziqish bildirmoqda. Transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin.

Avvalroq Bonuchchi faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: football24.ru