«Milan» yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura faoliyatini «Roma»da davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda Corriere di Bergamo xabar tarqatdi.

30 yoshli futbolchining "rossoneri" bilan amaldagi shartnomasi mazkur yilning yozida yakuniga etadi. U milanliklar bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.

Jakomo yaqinda "Milan"ning instagramdagi sahifasi obunasidan voz kechib, klubdan ketishi mumkinligiga ishora qilgan edi. Unga da'vogarlar safida «Atalanta», «Torino» va «Arsenal» klublari bor edi, ammo u Rimga ko'chib o'tishga qaror qildi.

Bonaventura 2014/2015 yilgi mavsumda «Atalanta»dan «Milan»ga o'tgan edi.