"Bolonya" "Sassuolo" himoyachisi Martin Erlichning transferini e'lon qildi.

26 yoshli xorvatiyalik himoyachi "Bolonya" futbolchisiga aylandi. Futbolchi va klub o'rtasidagi kelishuv tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.

TuttoMercatoWeb nashri xabariga ko'ra, transfer summasi taxminan 7 million evroni tashkil qilgan.

O'tgan mavsumda Erlich A Seriyada "Sassuolo" tarkibida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Himoyachi Xorvatiya terma jamoasining Evro-2024 uchun tarkibidan joy olgan, biroq turnirda maydonga tushmagan.