Moskvaning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Nikola Moro Italiyaga chempionatiga yo'l olishi mumkin.

"Ko'k-oqlar"ning 24 yoshli yarim himoyachisiga Italiyaning "Bolonya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, tomonlar xorvatiyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha muzokaralarni boshlashgan.

Moro 2020 yilning yozida 7 million evro evaziga Zagrebning "Dinamo" klubidan Moskva klubiga o'tgan edi.

Joriy mavsumda u RPL chempionatida beshta o'yin o'tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.