«Bo'rilar» yangi hujumchi uchun «ovga otlandi»

«Vulverxempton Vonderers» klubi Chempionship vakili «Kardiff Siti»dan Keffer Mur transferini amalga oshirishi mumkin. APL klubi transfer oynasining so'nggi haftasida markaziy hujumchi uchun variantlar qidirmoqda.
Xabarda keltirilishicha, «bo'rilar» futbolchi uchun 7 million funt atrofida taklif kiritish arafasida turibdi. 29 yoshli Mur futbolchi «Kardiff» safiga 2020 yil avgustda 2 million funt evaziga «Uigan Atletik»dan kelib qo'shilgan edi.
U o'tgan yili Chempionshipda 42 ta uchrashuv o'tkazib, 20 ta gol va 2 ta assist ijrochisiga aylangan edi.
Manba: bbc.com