Portugaliya OAVlarida tarqalgan xabarlarga ko'ra, «Portu» klubi yarimhimoyachisi Serxio Oliveyra transfer oynasi yopilishidan oldin «Vulverxempton»ga o'tishi mumkin. 29 yoshli futbolchi «Portu» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ammo uzoq yillar davomida ko'plab klublarda ijarda yurgan.

U o'tgan mavsumda Portugaliya chempionatida 32 ta uchrashuvda  20 marta darvozani ishg'ol etdi. «Bo'rilar» klubi direktori portugaliyalik Bruno Laxe hamyurtini klubga olib kelish uchun harakat boshlagan. Avvalroq  Olivera «Tottenxem» klubi qiziqishlariga sabab bo'lgan edi.

Manba: teamtalk.com