Blind La Liga klubiga o'tishga yaqin turibdi

Niderlandiyalik 33 yoshli himoyachi Deyli Blind erkin agent sifatida "Jirona"ga o'tadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Niderlandiyalik futbolchi allaqachon klub bazasiga tashrif buyurgan. U faoliyatini MLS va Avstraliyada emas, balki Ispaniyada davom ettirmoqchi.
Blind qishda "Ayaks" bilan shartnomasini bekor qildi va "Bavariya"ga ko'chib o'tdi. U myunxenliklar tarkibida atigi 5 ta o'yin o'tkazdi.