Beyl «Real»dan ketishga rozi, ammo maoshining kamayishini istamaydi

«Real» hujumchisi Garet Beyl boshqa jamoaga o'tish evaziga maoshining kamayishini istamaydi.
Manbaga ko'ra, Beyl yozgi transfer paytida «Madrid»ni tark etmoqchi, boisi, qishda yangi jamoa topish qiyin ekanini u tushunib turibdi.
Uelslik futbolchi "Qirollik klubi"da olayotgan maoshidan kamroq maoshga rozi bo'lmoqchi emas. Shuning uchun, katta ehtimol bilan, u Xitoy chempionatiga yo'l oladi. Garetning "Real"dagi yillik maoshi 17 million evroga teng.