Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Barselona"ning sobiq himoyachisi Ektor Belerin va "Lids" himoyachisi Mark Roka "Betis"ga o'tishga yaqin.

28 yoshli Belerin klub bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolaydi. Himoyachi 2021/22 yilgi mavsumda "Betis"da ijara asosida o'ynagan.

Roka sotib olish optsiyasi bilan "Betis"ga ijaraga o'tadi. Manbaning xabariga ko'ra, klublar shartnoma shartlarini kelishib olishgan.