"Betis" futbolchisi "Spartak" jamoasiga ko'chib o'tdi

Moskvaning "Spartak" klubi "Betis" hujumchisi Villian Jozening transferiga rozi bo'ldi. 32 yoshli futbolchi bilan shartnoma ikki mavsumga tuzilgan, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
"Bu klassik markaziy hujumchi, u o'zining gol urish qobiliyati, kuchli zarbasi va boshi bilan ajoyib o'yini bilan ajralib turadi", - deyiladi "qizil-oqlar" press-relizida.
O'tgan mavsumda Villian Joze “Betis” safida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.