Nabil Fekir faoliyatini BAAda davom ettiradi.

"Betis" 31 yoshli yarim himoyachining "Al-Jazira"ga o'tganini e'lon qildi.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, kelishuv bonuslar bilan birga 7 million evro atrofida bo'ladi.

Fekir 2019 yildan beri “Betis” safida 165 ta o'yinda maydonga tushgan.