Fanatik xabariga ko'ra, “Liverpul” darvozaboni Lorius Karius “Beshiktosh”da qolishi mumkin.

Karius ayni damda turk klubida ijara asosida to'p surmoqda. 26 yoshli nemisning transferi esa 7-8 mln evro atrofida baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Loris joriy mavsum Turkiya chempionatida 10ta o'yinda ishtirok etib, 5ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.