Belgiyalik futbolchiga Evropa grandlari qiziqmoqda

"Anderlext" yarim himoyachisi Albert Lokongaga Evropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda. 21 yoshli futbolchiga "Bavariya" va "Arsenal" asosiy da'vogar. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Transfermarkt Lokongani 12 million evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda belgiyalik futbolchi "Anderlext" safida 37 uchrashuv o'tkazib, 3 gol va 3 golli uzatmaga mualliflik qildi.