Braziliyalik himoyachi Artur Leverkuzenning "Bayer" klubiga o'tdi

Leverkuzenning "Bayer" klubi Braziliyaning "Amerika" jamoasi himoyachisi Artur bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

20 yoshli futbolchi nemis klubi bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Artur keyingi mavsumda jamoaga qo'shiladi.

Ma'lumki, "Bayer" transfer uchun olti million evro to'laydi, qo'shimcha ravishda bir million evro bonus sifatida taqdim etiladi.

Joriy mavsumda Artur "Amerika" tarkibida 6 ta o'yin o'tkazdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq, futbolchi Braziliya terma jamoasi safida Marokashga (1:2) qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyut qilgandi.