Himoyachi Sasha Boening «Galatasaroy»dan «Bavariya»ga o'tishi Turkiya transfer bozoridagi rekordni yangiladi.

Myunxenliklar 22 yoshli futbolchi uchun 30 million evro to'ladi. Ushbu summa bonuslar hisobiga yana 5 million evroga oshishi mumkin. Bu Turkiya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.

Bungacha rekord 2018 yilning yanvar oyida qayd etilgandi. O'shanda «Beshiktosh» Jenk Tosunni «Everton»ga 22,5 mln evroga sotgandi.

Manba: bombardir.ru