“Benfika” yarim himoyachisi Gonsalo Ramos “Bavariya”ga o'tishga yaqin turibdi.

Record nashrining xabar berishicha, 18 yoshli futbolchi uchun kurashga ko'plab top-klublar qo'shilgan. Biroq portugaliyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun asosiy favorit aynan Myunxen klubi bo'lib turibdi.

Ma'lumot o'rnida, Ramos o'tgan mavsum “burgutlar” safida 12 ta o'yinda maydonga tushdi.