«Bavariya» klubi «Napoli» hujumchisi Viktor Osimxenni xarid qilish g'oyasidan voz kechdi. Neapolliklar so'rashi mumkin bo'lgan summa (120-150 mln evro) Bundesliga jamoasiga qimmatlik qilmoqda.

"Bild" nashrining xabar tarqatishicha, «Bavariya» endi e'tiborini Randal Kolo-Muani («Ayntraxt») yoki Rasmus Xeylund («Atalanta»)ga qaratadi.

Shu bilan birgalikda, Kolo-Muanining transferi taxminan 120 mln evroga yaqinlashib qoladi, Xeylundning narxini esa Transfermarkt 35 mln evroga baholagan.

Manba: sports.ru