«Bavariya» klubi jory yozgi transfer paytda qo'lga kiritishni rejalashtirayotgan futbolchilar ro'yxati aniq bo'ldi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk «tvitter» orqali xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, myunxenliklar himoyani kuchaytirish uchun 4 nomzodni ko'rib chiqishmoqda. Bular: Kim Min Je («Napoli»), Pau Torres («Vilyarreal»), Mikki van de Ven («Volfsburg») va Kayl Uolker («Manchester Siti»).

Markazni kuchaytirishi kerak bo'lgan nomzodlar orasida Per-Emil Xyoyberg («Tottenxem») va Kay Xaverts («Chelsi») bor.

«Bavariya» hujum chizig'iga Randal Kolo Muani («Ayntraxt»), Dushan Vlaxovich («Yuventus»), Xarri Keyn («Tottenxem») va Viktor Osimxen («Napoli») variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Manba: championat.com