"Bavariya"ning 100 millionlik taklifiga ham javob tayyor

"Bavariya" unga etishi qiyin masalaga aylandi. Xabarlarga ko'ra, "Tottenxem" Xarri Keynni Germaniyaga qo'yib yubormaydi.
Klub raisi Daniel Levi Keyn uchun nemislar 100 million evro taklif qilsa ham, uni sotmasligini bildirgan. U hujumchini yangi shartnoma imzolashiga ishonmoqda.
28 yoshli futbolchi 2024 yilda erkin agentga aylanadi. U sovrin yutish uchun jamoasini tark etish niyatida ekanini bildirgan. Keyn hatto Tomas Tuxel bilan ko'rishib, rejalar tuzgani haqida ham xabarlar mavjud.
Manba: caughtoffside.com