"Bavariya" Manega qancha maosh taklif qilayotgani oydinlashdi

Myunxenning "Bavariya" klubi "Liverpul" futbolchisi Sadio Maneni sotib olmoqchi. Nemislar unga yiliga 20 million evro maosh bilan shaxsiy shartnoma taklif qilishdi.
Senegallik futbolchi ushbu bitimning amalga oshishiga qiziqmoqda. U "Liverpul"da etishmayotgan e'tirofni Myunxenda kutmoqda, deb yozadi Bayern & Germany nashri.
Mane yakunlangan mavsumda 51 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning "Liverpul" bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.
Futbolchining transfer narxi 80 million evroni tashkil qiladi.