Bu yozda "Bavariya" uchun markaziy hujumchi pozitsiyasiga futbolchi sotib olish muhim. "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni qo'lga kiritish qiyin bo'lgani uchun "Bavariya" B rejasiga o'tishi mumkin.

SportBild nashri xabariga ko'ra, Bundesliga giganti muqobil variant sifatida "Manchester Siti" futbolchisi Xulian Alvaresni tanlagan.

Manbaga ko'ra, "Bavariya" 23 yoshli Alvaresni 2023/2024 yilgi mavsum uchun ijaraga olishi mumkin. Bu argentinalik uchun qiziqarli variant bo'lishi mumkin, chunki u hozir Angliyada Erling Xolandning soyasida qolib ketmoqda.

Myunxenliklar ro'yxatida "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich ham bor.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yil oxirida Xulian Alvares Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylangandi.