"Bavariya" "Liverpul" futbolchisi Fabinoning atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.

Myunxen klubi 29 yoshli yarim himoyachining "Al-Ittihod"ga o'tish ehtimoli katta ekanligini tushunib turibdi.

"Liverpul" va Saudiya Arabistoni klubi o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. "Al-Ittihod" futbolchi uchun 40 million funt taklif qilgani xabar qilingandi.

Ammo braziliyalik futbolchining Yaqin Sharqqa transferi amalga oshmasa, futbolchiga "Bavariya" qiziqish bildirishi qayd etilgan.